Bugungi kuningiz qanday o'tmoqda?

FLECHA – Ishonchli tanlov

Biz hayotdagi har qanday yaxshi voqeani kichik, ammo muhim jihatlari tufayli eslaymiz. Usha payt bizni qanday hid o'rab olgan edi, yorug'lik qanday tushar edi, qanday ta'mni boshdan kechirgan edik.

Ana shu tafsilotlardan butun dunyoqarashimiz shakllangan. Baxtni yana boshdan kechirishni istab, biz o'zimizga tanish bo'lgan ta'm va xushbo’ylikni qidiramiz. Shuning uchun, sizning sevimli choyingiz o'sha his-tuyg'ularni sizga qaytarishi juda muhimdir.

FLECHA choyi – bu vaqt o'tishi bilan o’zgarmaydigan, siz eslaydigan va sevadigan ta'm va xushbo'y hiddir. Shuning uchun ham FLECHA choyini tanlash juda oson – siz qanday ta’mni qidirayotganingizni allaqachon bilasiz!

Flecha Tea xususiy korxonasi

FLECHA savdo belgisi 1995 yilda Xitoyda yaratilgan. "Flecha tea" xususiy korxonasi FLECHA choyining O’zbekistondagi eksklyuziv distribyutori bo’lib 2017 yil 7 sentyabrda tashkil qilingan. U O'zbekistonda eng ko’p ko’k choy import qiluvchi 3 ta korxonaning biri.

"Flecha Tea" xususiy korxonasi Toshkent shahrida joylashgan bo’lib, o'zining ishlab chiqarishi va umumiy maydoni 3 000 kv.m. dan ortiq bo'lgan omborlariga, temir yo'l tarmog’i bilan ulangan o'zining bojxona omboriga ega. FLECHA choyi butun O‘zbekiston bo‘ylab mintaqaviy nufuzga ega, biz mamlakatdagi 5 mingdan ortiq savdo nuqtalari, jumladan Korzinka.uz, Makro, Carrefour, Magnum, Aziya.uz, Havas va boshqa tarmoqlar bilan hamkorlik qilamiz.
Aloqa
«FLECHA TEA» XF
Manzil: O‘zbekiston Respublikasi
Toshkent sh., Olmazor t-ni,
Usta Shirin 1-tor ko'cha, 298A uy.
flechatea5@gmail.com

© All Rights Reserved. Flecha Tea Inc. 2022
Design by Ishvara Tattva